Sotuv bo‘limingizga nima xalaqit beryapti?
Sotuv bo‘limini tizimga aylantiramiz: liddan bitimgacha. Vaziyatingizni tanlang — qaysi yechim kerakligini va natija qancha vaqtda bo‘lishini ko‘rsatamiz.
- 5 yillik tajriba
- 6 soha
- Natija qabul mezonlari bilan
amoCRM
«A nuqta»
Sotuv Radar11:42Ishimizdan keyin bo‘limingizda nima o‘zgaradi
Har bir loyiha o‘lchanadigan mezonlar bilan topshiriladi: «yaxshiroq bo‘ldi» emas, aniq raqamlar.
| Hozir | Sales Upgrade’dan keyin | |
|---|---|---|
| Lidlar | Menejer bo‘shaganda javob. Ba’zilari unutiladi. | Har bir lid avtomatik taqsimlanadi va o‘z vaqtida javob oladi. |
| Menejerlar | Har kim o‘zicha gaplashadi. | Bitta skript va standart. Yangi xodim — 30 kunlik dastur bo‘yicha. |
| ROP | Rahbarning o‘zi sotadi. | Har kuni planyorka, qo‘ng‘iroqlar tahlili, haftalik hisobot. |
| Raqamlar | Oy oxirida, Excel’dan, taxminan. | Dashboardda, har kuni. |
| Siz | Har bir bitimga aralashasiz. | Raqamlarni ko‘rasiz va qaror qabul qilasiz. |
- 5yillik tajriba sotuv bo‘limlarida
- 6soha: qurilishdan ta’limgacha
- 8qabul mezoni — bo‘limni qurish loyihasida
- 2til: o‘zbek va rus
Sizda qaysi vaziyat?
Vaziyatni tanlang — qanday yechim va natija bo‘lishini ko‘rasiz.
Lidlar yo‘qoladi, javob kechikadi
Mijoz uzoq kutmaydi: bir necha soatda u raqobatchidan sotib oladi. Reklamaga to‘langan pul bo‘lim ichida yo‘qoladi.
CRM integratsiya2 haftaamoCRM’ni jarayoningizga moslab sozlaymiz, sayt, messenjerlar va telefoniyani ulaymiz.
- Barcha kanallardan lidlar bitta joyda
- Lidlar sizning ishtirokingizsiz taqsimlanadi
- Har bir bitimda keyingi qadam bor
Pul qayerda yo‘qolayotganini bilmayman
Reklama ishlayapti, lekin tushum o‘smayapti. Qaysi bosqichda va qancha mijoz ketayotgani ko‘rinmaydi.
Sotuv bo‘limi auditi1 haftaYashirin xaridor, CRM va qo‘ng‘iroq yozuvlari orqali har bir bosqichni o‘lchaymiz.
- Har bir bosqichdagi haqiqiy konversiya
- Har oy qancha pul ketayotgani
- Mijoz ko‘zi bilan bo‘limingiz
Menejerlar «qimmat»dan keyin sota olmaydi
«Qimmat», «o‘ylab ko‘raman» — va suhbat tugaydi. Lid bor, bitim yo‘q.
Menejerlarni o‘qitish2 haftaSizning qo‘ng‘iroqlaringiz asosida o‘qitamiz va mahsulotingiz uchun e’tirozlar bazasini tuzamiz.
Bo‘lim faqat men bor paytda ishlaydi
Asosiy bitimlarni o‘zingiz yopasiz, ta’tilga chiqsangiz sotuv to‘xtaydi. Bo‘limni boshqaradigan rahbar yo‘q.
ROP o‘qitish4 haftaRahbarni 4 hafta davomida planyorka, qo‘ng‘iroqlar tahlili va raqamlar bilan ishlashga o‘rgatamiz.
- Rejani oldinga suradigan planyorka o‘tkazadi
- Xulq-atvorni o‘zgartiradigan qo‘ng‘iroq tahlili
- Raqamlar bilan boshqaradi
Jamoa «bizda bunday ishlamaydi» deydi
Treninglar bo‘lgan, lekin qo‘ng‘iroqlarda hech narsa o‘zgarmagan. Jamoa yangi yondashuvga ishonmaydi.
Bir kunlik sotuvchi1 kunSotuvchimiz bir kun real lidlaringiz bilan ishlaydi va har bir qadamni jamoaga tushuntiradi.
- Nazariya emas, jonli natija
- «Bizda bunday ishlamaydi»ga javob
- Nega aynan shunday, tushunarli
Sotuv bo‘limi yo‘q yoki qayta qurish kerak
Har kim o‘zicha sotadi, kuchli menejer ketsa, mijozlar ham ketadi. Bo‘lim tizimga emas, odamlarga tayanadi.
Sotuv bo‘limini qurish8 mezonJarayon, CRM, skriptlar, KPI, yollash va ROP’ni bitta tizimga yig‘amiz.
- Birorta lid yo‘qolmaydi
- Menejerlar bir xil yaxshi sotadi
- Yangi xodimlar tez ishga kirishadi
Menejerlar qanday gaplashayotganini bilmayman
Yozuvlarni tinglashga vaqt yo‘q. Yomon suhbat haqida mijoz ketgandan keyin bilasiz.
Sotuv RadarBepulCRM’ni ulaysiz — har bir qo‘ng‘iroq tahlili va menejerlar bo‘yicha hisobot Telegram’ga keladi.
- Har bir qo‘ng‘iroq bo‘yicha qisqa tahlil
- Har bir menejer bo‘yicha hisobot
- ROP uchun 3 ta tavsiya
Muammo aniq emas, lekin natija yetarli emas
Bo‘lim ko‘proq qila olishini sezasiz, lekin birinchi navbatda nimani tuzatish kerakligini bilmaysiz.
Sotuv bo‘limi auditi1 haftaYashirin xaridor, CRM va qo‘ng‘iroq yozuvlari orqali har bir bosqichni o‘lchaymiz.
- Har bir bosqichdagi haqiqiy konversiya
- Har oy qancha pul ketayotgani
- Mijoz ko‘zi bilan bo‘limingiz
Sohangiz bo‘yicha yechimlar

Sales Upgrade jamoasi
Muhammadjon Nazirjonov | Jamoa rahbari
Ko‘p beriladigan savollar
Nimadan boshlash kerak?
Muammo aniq bo‘lsa — yuqoridagi ro‘yxatdan tegishli xizmatni tanlang. Aniq bo‘lmasa — sotuv bo‘limi auditidan boshlang: 1 haftada pul qayerda yo‘qolayotganini ko‘rsatamiz. Bepul boshlash uchun — Sotuv Radar.
CRM integratsiya va sotuv bo‘limini qurishning farqi nima?
CRM integratsiya — amoCRM’ni sotuv jarayoningizga moslab sozlash, 2 hafta. Sotuv bo‘limini qurish — CRM bilan birga skriptlar, reglamentlar, KPI, yollash, menejerlar va ROP o‘qitish: bo‘lim to‘liq tizimga aylanadi.
Qaysi kompaniyalar bilan ishlaysiz?
Sotuv bo‘limida 5 dan 25 kishigacha bo‘lgan kompaniyalar bilan. Har bir soha bo‘yicha muammolar va yechimlar — sohalar sahifasida.
Narxi qancha?
Narx bo‘lim hajmi va vazifaga bog‘liq. Birinchi suhbatdan keyin aniq summa va natija mezonlari yozilgan taklif yuboramiz.
Sotuv necha foizga oshadi?
Foiz va’da qilmaymiz: natijaga mahsulot, narx va bozor ham ta’sir qiladi. Har bir xizmatning o‘lchanadigan qabul mezonlari bor, auditdan keyin esa salohiyatni sizning raqamlaringiz asosida so‘mda ko‘rsatamiz. O‘zingiz hisoblab ko‘rish uchun — konversiya kalkulyatori.
Vazifani muhokama qilamiz
Bo‘limingiz haqida qisqacha yozing: nechta menejer, lidlar qayerdan keladi va sotishga nima xalaqit beryapti.
- Ish kuni davomida bog‘lanamiz
- Qisqa suhbatda vazifani aniqlaymiz
- Aniq summa va natija mezonlari yozilgan taklif yuboramiz